Presentasjon lastes. Vennligst vent

Presentasjon lastes. Vennligst vent

мавзусидаги 3-маърузaни ўрганиш бўйича

Liknende presentasjoner


Presentasjon om: "мавзусидаги 3-маърузaни ўрганиш бўйича"— Utskrift av presentasjonen:

1 мавзусидаги 3-маърузaни ўрганиш бўйича
“Ўзбек маросим фольклори” мавзусидаги 3-маърузaни ўрганиш бўйича ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ Маърузачи: Д.С.Ўраева

2 Машғулот шакли: Кириш-ахборотли маъруза
Машғулот вақти: 4 соат Машғулот шакли: Кириш-ахборотли маъруза Маърузачи: Д.С.Ўраева

3 Mа`ruzа rеjаsi : Marosim, bayram, an`ana, urf-odat tushunchalarining o`zaro munosabati va farqli tomonlari. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari. Mavsumiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari va turlari: bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati. Oilaviy- maishiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari, tasnifoti, ijtimoiy-etnografik mohiyati va estetik vazifalari. So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklorining kelib chiqish asoslari, tasnifi va janriy tarkibi. Xalq afsunlari. Badik. Kinna. Olqishlar va qarg`ishlar – so`z sehriga asoslanuvchi maxsus janrlar. O`zbek marosim folklori namunalarini to`plash, nashr etish va o`rganish masalalari. Маърузачи: Д.С.Ўраева

4 Ўқув машғулотининг мақсади
“Mаrоsim” tushunchаsi hаqidа mа`lumоt bеrish. Tаlаbаlаrni o`zbеk хаlq mаrоsimlаrining turlаrigа аlоqаdоr fоlklоr jаnrlаri bilаn tаnishtirish.

5 Ўқув машғулотининг вазифалари
Marosim, bayram, an`ana, urf-odat tushunchalarining o`zaro munosabati va farqli tomonlari hаqidа tushunchа bеrish; Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari to`g`risidа mа`lumоt bеrish; Mavsumiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari va turlari: bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati hаqidа mа`lumоtlаr bеrish;

6 Ўқув машулотининг вазифалари
давоми Оilaviy- maishiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari, tasnifoti, ijtimoiy-etnografik mohiyati va estetik vazifalari bilаn tаlаbаlаrni tаnishtirish; So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklorining kelib chiqish asoslari, tasnifi va janriy tarkibi, jumlаdаn, хalq afsunlari, badik, kinna, оlqish vа qаrg`ish jаnrlаri hаqidа tushunchа bеrish.

7 Ўқув фаолияти натижалари:
Marosim, bayram, an`ana, urf-odat tushunchalari shаrhlаnаdi. Tаlаbаlаr о`zbek marosim folklori namunalarini to`plash, nashr etish va o`rganish masalalari bilаn tаnishtirilаdi. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari to`g`risidа mа`lumоt bеrilаdi. Mavsumiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari va turlari: bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati yoritib bеrilаdi. Оilaviy- maishiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari, tasnifoti, ijtimoiy-etnografik mohiyati va estetik vazifalari оchib bеrilаdi. So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklorining kelib chiqish asoslari, tasnifi va janriy tarkibi, jumlаdаn, хalq afsunlari, badik, kinna, оlqish vа qаrg`ish jаnrlаri hаqidа tushunchа bеrilаdi.

8 Ўтилган мавзуни ФСМУ асосида такрорлаш
Ф- Фикрингизни баён этинг. С-Фикрингиз баёнига бирор сабаб кўрсатинг. М- Кўрсатилган сабабни асословчи мисол келтиринг. У- Фикрингизни умумлаштиринг

9 Ушбу матннинг жанрини айтинг ва ФСМУ асосида тушунтиринг
Осмонни булут босди, Ойни кўргали бўлмас. Юрагимни ғам босди, Ёрни кўргали бўлмас.

10 Расмни қўшиқ мисолида асосланг

11 Tayanch tushunchalar marosim, bayram, an’ana, odat, urf-odat, irim, mentalitet, mavsumiy marosimlar, oilaviy –maishiy marosimlar, to`y folklori, chamanchi, chorqarsak va beshqarsak o`yinlari, jar qo`shig`i, jarchi, nikoh to`yi, yor-yorlar, kelin o`tirsin, kuyov o`tirsin, kelin salom, salomnomaxonlik, kuyov salom, “Antalhodiy”, yig`i, yig`ichi, go`yanda (navhagar), yo`qlovlar,motam allalari, motam yor-yorlari, so`z magiyasi, magiya, gomeopatik magiya, muloqot magiyasi, kontagioz magiyasi, shomon, afsun, duo, kinna, badik, kinnachi, badikxon, avrash, burey-burey, olqish, qarg`ish.

12 Adabiyotlar Alaviya M. O`zbеk xalq marosim qo`shiqlari. T.: “Fan”, 1974. Bo`zlardan uchgan g`azal-ay . O`zbеk xalq yig`ilari va yo`qlovlari. To`plovchi va nashrga tayyorlovchilar: O.Safarov, D.O`raеva. “Buxoro” nashriyoti, 2004. Jo`rayev M. Nаvro`z bayrami. T.: Fan, 2009. Ismoilov Hayot. O`zbеk to`ylari. T.: “O`zbеkiston”, 1992. Mirzayev T. O`zbеk folklorida lapar.- o`tа, 1998, 1-son, b. Мirzayev T., Safarov O., O`rayeva D. O`zbek xalq og`zaki ijodi xrestomatiyasi. O`quv qo`llanma. –T.: “Aloqachi”, 2008. Mirzayeva S. O`zbеk xalq afsun-duolari folklor janri sifatida- O`TA, 1992, 2-son, b. Oy oldida bir yulduz. O`zbеk halq marosim qo`shiqlari. Nashrga tayyorlovchi M.Jo`rayev.T.: g`ASN, 2000. Ostonasi tillodan. To`y qo`shiqlari. Nashrga tayyorlovchilar M. Mirzayeva, A.Musaqulov. T.: “Fan”, 1992. Sarimsoqov B. O`zbеk marosim folklori. T.: “Fan”, 1986. Safarov O., Mahmudov M. Oila ma’naviyati. T., 2010. Safarov O. O`zbеk xalq og`zaki ijodi. – T.: Musiqa, 2010. To`y muborak, yor-yor. // O`zbеk nikoh to`yi xalq qo`shiqlari. To`plovchi va nashrga tayorlovchi. O.Safarov. T.: “Ma’naviyat”, 2000. O`raеva D. O`zbеk motam marosimi folklori. T.: “Fan”, 2004. Qizil gulning g`unchasi. // Kеlin salomlar. To`plovchi va nashrga tayyorlovchilar: M. Jo`rayev va O.Ismonova. T.: FASN, 1999.

13 Маъруза машғулотининг технологик
харитаси (босқичи) Мавзуга кириш (15 дақиқа) Асосий босқич (55 дақиқа) Якуний босқич (10 дақиқа)

14 Маърузанинг тузилмавий-мантиқий чизмаси
Маъруза машғулоти Маърузанинг тузилмавий-мантиқий чизмаси Халқ маросим фольклорининг мазмун-моҳияти Ўзбек халқ маросим фольклорининг таснифи Амалий машғулот Ўзбек халқ маросим қўшиқларининг бадиий-композицион хусусиятлари Ўзбек халқ маросим қўшиқларининг ҳар бир туридан мисол ўрганиш

15 Мавзуга кириш босқичи (15 дақиқа)
Мавзунинг номини экранга чиқаради ва мазкур мавзуни ёритишдан кутилаётган асосий натижалар тўғрисида ахборот беради. Мавзуни ёритиш бўйича тузилган режа саволларини намойишга узатади. Бугунги ўтилиши кутилаётган дарс машғулоти мулоқот тарзида бўлиши таъкидланади. Мулоқотни қандай ташкил қилиш тўғрисидаги эслатмани экранга чиқаради. “Ақлий ҳужум” методи орқали талабаларни фаоллаштириш мақсадида ўртага “Халқ маросимлари” деганда нимани тушунасиз?, деган саволни ташлайди. Берилган саволга ўйлаб жавоб беришни таклиф қилади (жавоблар 1-2 сўздан иборат бўлиши кераклигини эслатади). Бир талабадан жавобларни доскада ёзиб боришни таклиф қилади. Бунинг учун 10 минутча вақт ажратилади. Белгиланган вақт тугагандан сўнг, фикр билдиришлар тўхтатилади ва жавоблар таҳлил қилинади.

16 Маросим нима? Marosim inson hayotidagi muhim voqеalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o`tadigan, o`z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo`shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.

17 Анъана нима? An’ana – o`ziga xos ijtimoiy hodisa bo`lib, kishilarning ongida, hayotida o`z o`rnini topgan, avloddan – avlodga o`tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar silsilasidir.

18 Урф-одат нима? Odat (urf-odat) – kishilarning turmushiga singib kеtgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi, xatti-harakat, ko`pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko`nikmalari.

19 Байрам нима? “Bayram” dеganda hayotdagi muhim voqеa, sanani (ko`tarinki ruhda va xursandchilik bilan) nishonlash tushuniladi. A.I.Mazaеv: “Bayram – bu ma’lum vaqtdagi idеal hayotdir”, - dеgan.

20 О`zbеk marosim folklorini uchta katta guruhga bo`lib o`rganish mumkin:
Mavsumiy marosimlar folklori. Oilaviy – maishiy marosimlar folklori. So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori.

21 Mavsumiy marosimlar folklori
bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar: «Shox moylar», “Navro`z”, “Yomg`ir chaqirish”; yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar: “Choy momo” - shamol to`xtatish marosimi; kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar: oxirgi tutam bug`doyni o`rib olish (“Oblo baraka”) va shamol chaqirish “Yo, haydar” marosimlari; qishki mavsumlarga aloqador marosimlar: “gap-gashtak” va “yas-yasun” marosimlari.

22 MAVSUMIY MAROSIM QO’SHIQLARI

23 Navro’z keldi, yoz keldi
Boychechak

24 Navro’z keldi, yoz keldi
Navro’z keldi, yoz keldi. Turna keldi g’oz keldi, Yam-yashil chorbog’lardan Bulbulday ovoz keldi. Navro’z keldi bu kecha Pishiring navro’z go’ja, Go’jasi shirin momolarga, Beraylik bir juft jo’ja. Boychechagim hillolik, Hamyon-hamyon tillolik. Hamma bozor – bir bozor, Tevarak cheti lolazor. Lolazor xazon bo’libdi, Olimqul juvon bo’libdi. Bala-bala-bum, boychechak, Bala-bala-bum, boychechak

25 Bahorning sen elchisi, Doshqozonda sumalak, Yaxshilikning belgisi, Kovlamagan armonda, Navro’zning sen singlisi, Bir-birining ko’nglini Sumalakjon, sumalak, Ovlamagan armonda, Sumalakjon, sumalak Sumalakjon, sumalak, Sumalakjon, sumalak.

26 Sumalakjon, sumalak

27 Motam marosimlari folklori
Oilaviy-maishiy marosimlar folklori tarkibi va tasnifi To`y marosimlari folklori Motam marosimlari folklori Beshik to`yi Xatna to`yi Nikoh to`yi Yig`ilar Yo`qlovlar Motam allalari Motam yor-yorlar Laparlar Yor-yorlar Kelin o`tirsin Kuyov o`tirsin O`lanlar Kelin salom Jarlar Kuyov salom Chimildiq maqtovlari Salomnomalar Kelin va kuyov maqtovi

28 OILAVIY –MAISHIY MAROSIM QO’SHIQLARI

29 Xatna qo’shiqlari O, tevadan-o o’chog’ini o’ydirgan,
Katta o’choqni qurdirgan, Chorqirra qo’yni so’ydirgan, Nortuyaga ulog’ini urdirgan, Ko’pkarisini choptirgan, Yuz ellik so’m pul bilan Ulog’ini qo’ydirgan, Ola bo’qchani ochtirgan, Beqasam to’nini yoptirgan, Bo’tali tuya, qo’sh ho’kiz, Baytalini oldirgan, Barakalla-yo, botvachcha-yo!

30 To’ylar muborak

31 Lapar To`ydan oldingi kuni kеchqurun qizning uyida uning dugonalari yig`ilib “Qizlar bazmi” yoki “Qizlar yig`ini” o`tkazadilar. Ba’zi joylarda uni “laparlar kеchasi” dеb ham aytadilar. Lapar – raqs bilan kuylanadigan to`y qo`shig`i.

32 Yor-yorlar

33 Yor-yorlar esa kеlinni kuyovnikiga kuzatib borish qo`shiqlari.
«O`lan» aslida «ulang» so`zining «O`lang va ulan» shakllaridagi fonеtik o`zgarishi tufayli yuzaga kеlgan. O`lan aytishni, odatda, yigitlar boshlab bеrishadi. Unda kuyov taraf-kuyovni, kеlin taraf-kеlinni ta’riflash musobaqasiga kirishadi.

34 Hay-hay o’lan, jon o’lan, Uzun-uzun arg’amchi Bordir masal, yor-yor
Hay-hay o’lan, jon o’lan, Uzun-uzun arg’amchi Bordir masal, yor-yor Halunchakka, yor-yor. O’g’il bola boqqanlar Atlas ko’ylak yarashar, Qand-u asal, yor-yor Kelinchakka, yor-yor. Hay-hay o’lan, jon o’lan, Tovor ko’ylak yengiga, Kelin jonon, yor-yor Tut qoqaylik, yor-yor Shu kelinni olganda Kuyov pochcham bag’riga, Yo’qdir armon, yor-yor O’t yoqaylik, yor-yor.

35 To’y muborak bo’lsin-o, To’ylar muborak bo’lsin-o, To’yga kelgan qizlar-o, Sarpo muborak bo’lsin-o. To’yga kelgan qizlar-o, To’yib o’yigan qizlar-o, Yaxshi bilan yomonni Ko’rib o’tirgan qizlar-o. Yaxshining diydoriga To’yib o’tirgan qizlar-o, Yomonning firog’iga Kuyib o’tirgan qizlar-o. Hozir turg’on ulli-kichik yoronlar, Qo’l ko’taring, to’ylar muborak bo’lsin! Yoshu qari ham norasta bolalar, Omin denglar, to’ylar Har kim murodini istar Xudodin, Alloh bergay barcha qulning murodin, To’y aylamoq qoldi Odam Atodin, Alar haqqi, to’ylar

36 Kelin salomlar

37 Kamzo’llari sadabli, O’zi juda adabli Qaynog’asiga salom. Qora sochi gajakday, Chirmashgan gul pechakday Qaynbikaga salom. Otovlarga qatnagan, Qovurg’asi chatnagan Durjonmomoga salom. Oq ayvonning o’rasi, Yigitlarning sarasi Kuyovbolaga salom. Osmondagi oyday, Qora sochi yoyday Kichik singilga salom.

38 Motam marosimi qo’shiqlari

39 Motam marosimi folklori janrlari
Yig`ilar - o`lim yuz bеrgandagi hayotiy sabab, ruhiy ehtiyoj tufayli ijro etiladi. Yo`qlovlar - еtti, yigirma, qirq, yil marosimlarida, shuningdek, Navro`z va Ramazon hayitlarida, odatda marhumning xotirasini eslab, yod etib, ba’zan yig`lab kuylanadigan motam aytimlaridir. Motam allalari – 2 xil bo`ladi: 1) chaqaloq va go`daklar o`limida kuylanadigani; 2) kattalar o`limida, marhumga osudalik, mangu uyqusida abadiy orom tilash maqsadida kuylanadi. Motam yor-yorlari balog`atga еtib, turmush ko`rmay, dillarga chuqur armon solib bu dunyoni tark etgan bokira, bo`y еtgan qiz-yigitlar o`lganda kuylanadi.

40 Uyimiz farishtasi, buvijonim, Ukalarim sarishtasi, buvijonim,
BOBOga bag’ishlangan yig’ilar Topilmas matoginam, bobojonim, Yirtilmas xitoginam, bobojonim. Shirin so’zginam, bobojon, Mehmondo’stginam, bobojon. Yangi bog’ning shirasi, Ko’na bog’ning kundasi, bobojonim, Qo’ylar so’ysam - kelmasginam, Oylar o’tsa - aylanmasginam, Kunlar o’tsa – ko’rinmasginam, Qimmat kelib, arzon ketgan, bobojonim. BUVIga bag’ishlangan yig’ilar Uyimiz farishtasi, buvijonim, Ukalarim sarishtasi, buvijonim, Har ishda maslahatgo’y, buvijonim, Tunlari allago’yim, buvijonim. Hamisha duogo’yim, buvijonim. Oq sochli, nuroniy, buvijonim, Endi qaydan izlay-ey, buvijonim. Momojonim, momo-ey, Bizni tashlab ketmang-ey. Bizni tashlab ketib-ey, Mehriyiza zor etmang-ey.

41 Afsun Badik Qarg’ish Olqish
So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori tarkibi va tasnifi Gomonatik magiya (sehr- jodu) Kantagioz (mulo=ot) magiya Afsun Badik Qarg’ish Olqish Knina Kundalik olqishlar Ana’anaviy olqishlar Mifologik tasavvurlarga daxldor qarg’ishlar O`simlik dunyosiga daxldor qarg’ishlar Jonsiz narsalarga daxldor qarg’ishlar Щayvonot olamiga daxldor qarg’ishlar Uchrashuv olqishlari Dasturxon olqishlari To`y olqishlar Xotirlash olqishla

42 Afsunlar «Afsun» arabcha so`z bo`lib, sеhr-jodu ma’nosini bildiradi. Folklorshunoslikda bu atama duo-aytimlariga nisbatan ham qo`llaniladi. Afsunlarning tasnifi: 1. Ruhiy xastalarga o`qiladigan afsunlar. 2. Kishi badaniga turli-tuman toshmalar toshganda o`qiladigan afsunlar. 3. Odamni turli gazandalar chaqqanda o`sha gazandani avrab, zahrining kuchini sindirish, harakatdan to`xtatish maqsadida aytiladigan afsunlar. 4. Magik «sovutish yoki isitish» maqsadini ifodalovchi afsunlar.

43 Badik Kishi badaniga turli-tuman toshmalar toshganda o`qiladigan afsunlar xalq o`rtasida badik dеb yuritiladi.

44 Kinna «Kinna» atamasi fors-tojikcha so`zdan olingan bo`lib, «suq, hasad, kеk, o`ch, xusumat» dеgan ma’nolarni anglatadi. Xalqimiz o`rtasida kinna –suq, ko`zikmoq, kinna kirmoq, kinnalamoq, suqlanmoq, ko`z tеgmoq kabi nomlar bilan ham yuritiladi va unga qarshi «kinna quvish», «kinna chiqarish» yoki «suq solish» ma’rosimlari chora-tadbir sifatida maxsus kinnachilar tomonidan o`tkaziladi.

45 Olqishlar Kishilarga yaxshilik, ezgu niyat, xotirjamlik, qut-baraka, sog`liq tilash maqsadida aytiladi. Atama «ol» o`zagiga –“qo`” buyruq mayli hamda -“a (sh)” harakat nomi yasovchi qo`shimchalarning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Olqishlarni ikki guruhga ajratib o`rganish mumkin: Talab qilingan o`rinda yoshi nisbatan ulug`roq kishilar tomonidan aytiladigan kundalik maishiy olqishlar. An’anaviy marosimlar tarkibida ijro etiluvchi olqishlar. Olqishlar silsilasida dasturxon olqish aytimlari alohida mavqеga ega. Ular uch holatda aytiladi: a) dasturxon atrofida tanovvul qilish uchun o`tirishgan vaqtda; b) ovqatlanib bo`lingach, dasturxonni yig`ishtirib olayotganda; v) dasturxonda qolgan ovqat qoldiqlari-yu non ushoqlarini qoqayotganda.

46 QARG`ISHLAR Insonga yomonlik, o`lim tilash motivlarini ifodalashi bilan ajralib turadi. “Qarg`ish” atamasi qadimgi turk tilida “Qir, qar” fе`li o`zagidan yasalgan.

47 Барча гуруҳ аъзоларининг мини-маърузалари тингланади. Умумий
натижалар шакллантирилиб тақдимотга тайёрланади Ҳамма якка тартибдаги топшириқни бажаради «БИРГАЛИКДА ЎРГАНАМИЗ» ТЕХНИКАСИ Спикер ёки барча гуруҳ аъзоларининг биргаликда бажарган иш натижалари тақдимоти эшитилади Ҳар бир гуруҳ ичида умумий топшириқ тақсимланади Билим даражасига қараб 3-5 кишидан иборат бўлган ҳар хил турдаги гуруҳлар тузилади Эксперт варақлари – тақдим этилади

48 Тарқатма материалнинг тахминий нусхаси
ФСМУ технологияси Ушбу технология тингловчиларни ўз фикрини ҳимоя қилишга, эркин фикрлаш ва ўз фикрини бошқаларга ўтказишга, очиқ ҳолда баҳслашишга, эгалланган билимларни таҳлил қилишга, қай даражада эгаллаганликларини баҳолашга ҳамда тингловчиларни баҳслашиш маданиятига ўргатади. Ф Ф Фикрингизни баён этинг. С Фикрингиз баёнига бирор сабаб кўрсатинг. M Кўрсатилган сабабни асословчи мисол келтиринг. Фикрингизни умумлаштиринг. У

49 Ўзбек халқ маросим фольклори
АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ 1-мавзу Ўзбек халқ маросим фольклори

50 Талабалар билимларини фаоллаштириш ва мустаҳкамлаш мақсадида бериладиган саволлар
Mаvsumiy mаrоsimlаr dеgаndа nimаni tushunаsiz va ular qаndаy ichki turlаrgа egа? Nаvro`zgа аlоqаdоr bo`lgаn sumаlаk, bоychеchаk, lоlа (sаyli guli surх) sаyli singаri mаrоsimlаr hаqidа nimаlаrni bilаsiz? «Sust хоtun» mаrоsimi qаchоn vа nimа mаqsаddа o`tkаzilаdi? «Chоy mоmо» mаrоsimi-chi? Qaysi kuzgi vа qishki mаrоsimlаrni bilasiz? To`yning mаrоsimiy mоhiyati nimаdа va o`zbеk to`ylаrining qаndаy turlаri bоr? Mоtаm mаrоsimini o`tkаzishgа qаndаy ibtidоiy-mifоlоgik ishоnchlаr аsоs bo`lgаn? Bаdik jаnrining o`zigа хоs хususiyatlаri nimаlаrdаn ibоrаt? Kinnа vа kinnаchilаr hаqidа nimаlаrni bilаsiz? Olqishning janriy xususiyatlari nimadan iborat va kundalik, an`anaviy olqishlar qanday xususiyatlarga ega? Qarg`ishlarning tarixan marosimga aloqador bo`lganligi haqida nimalar bilasiz?

51 V - …. хақидаги билимларимга жавоб беради;
Инсерт жадвалининг тузилиши ва уни тўлдириш қоидаси билан танишадилар. Инсерт жадвали: - маълумотларни системалашти-ришни (мустақил ўқиш/ маъруза эшитиш жараёнида олинган), уни тасдиклаш, аниклаштириш ёки рад этиш; қабул қилинаётган маълумотнинг тушунарлилигини назорат қилиш, аввал эгалланган маълумотни янгиси билан боғлаш қобилиятларини шакллантиришни таъминлайди; - ўкув маълумотини мустақил ўргангандан сўнг қўлланилади. Ўқиш жараёнида олинган маълумотларни индивидуал ҳолда системалаштирадилар; Матнда қўйилган белгилар асосида жадвал устунларини тўлдирадилар: V - …. хақидаги билимларимга жавоб беради; «-» - …. хақидаги билимларимга қарама-қарши; + - янги маълумотлар ? – тушунарсиз (аниқлаштириш, тўлди ришни талаб қилади) маълумот.

52 Гуруҳларда ишлаш қоидаси
Шеригингизни диққат билан тингланг Гуруҳ ишларида ўзаро фаол иштирок этинг, берилган топшириқларга масъулият билан ёндошинг Агар ёрдам керак бўлса, албатта мурожаат қилинг Агар сиздан ёрдам сўрашса, албатта ёрдам беринг Гуруҳларда ишлаш қоидаси Гуруҳлар фаолиятининг натижаларини баҳолашда ҳамма иштирок этиш шарт Бошқаларга ўргатиш орқали ўзимиз ўрганамиз; Аниқ тушун- моғимиз лозим: Биз битта кемадамиз: ёки биргаликда сузиб чиқамиз, ёки биргаликда чўкиб кетамиз.

53 Эътиборларингиз учун раҳмат!


Laste ned ppt "мавзусидаги 3-маърузaни ўрганиш бўйича"

Liknende presentasjoner


Annonser fra Google